Indoneziya sohillarida yana er silkinishi kuzatildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Bu gal 5.9 magnitudali zilzila Flores oroli yaqinida ro`y berdi. Bundan oldingi kuni sodir bo`lgan 7,5 balli zilzila va sunami qurbonlari soni 1,2 ming kishidan oshganligi xabar qilinmoqda. Reuters xabarlariga ko`ra, xar ikkala silkinish hamda yopirilgan 2 metrli to`fon oqibatida bedarak yo`qolganlarni vayronalar ostidan qidirish, qutqarish ishlari davom etmoqda. Olingan ma`lumotlarga ko`ra, mehmonxona qoldiqlari ostidan 3 kun davomida qolib ketgan odamlar chiqarib olingan. Boshpanasidan ajralgan odamlar esa egulik topish uchun do`konlarga kirib, qo`llariga ilingan oziq-ovqat mahsulotlarini olib ketishmoqda.






