AsosiyShou-biznes

Bugun Saveliy Kramarov 80 yoshga to`lgan bo`lardi

O`zbek tomoshabinlariga “Ivan Vsilevich o`z kasbini o`zgartiradi”, “Omadli jentelmenlar” kabi badiiy filmlardagi betakror rollari bilan tanish Saveliy Kramarov hayot bo`lganida bugun 80 yoshni qarshi olar edi.

Saveliy Kramarov 1995 yili 6 iyun kuni San-Fransiskodagi klinikalardan birida vafot etgan.

Kramarov 1934 yili 13 oktyabrda Moskva shahrining Bauman tumanida tug`ilgan.

Saveliy maktabni tugatgandan so`ng teatr institutiga kirishga urinib ko`radi, biroq uni qabul qilishmaydi. Ta`limni davom ettirish uchun u Moskva o`rmonchilik institutining  ko`kalamzorlashtirish fakultetiga kiradi. U institutda o`qib yurgan paytidayoq, ya`ni 1954 yili “Birinchi qadam” teatr studiyasiga kiradi.

1958 yili o`qishni tugatib, biroz muddat mutaxassisligi bo`yicha ishlaydi. Ishni tashlashga qaror qilgan Kramarov mamlakatning barcha kinostudiyalariga o`z rasmlarini yuboradi va ulardan biri javob qaytaradi. Ana shundan keyin uning akterlik faoliyati boshlanadi. Haqiqiy muvaffaqiyat unga “Qo`lga tushmas qasoskorlar” filmidan keyin kulib boqadi. Uning “Arvohlar chalg`i ushlab turibdi. Va jimjitlik!” iborasi juda ommalashib ketadi.

1971 yili u “Omadli jentelmenlar” filmiga suratga tushadi.

1981 yili Aleksandr Levenbuk bilan birgalikda u AQSh prezidenti Reyganga xat yozadi. Xatda ular o`z hayotlaridan nolishgan edi.

Saveliy Kramarov uch marta uylangan.

    Boshqa yangiliklar