AsosiyJamiyat

Toshkentda ayollar kolonasi o`rnida yangi mikrotuman quriladi

Poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan va ayni paytda buzilgan ayollar kolonasi o`rnida yangi mirotuman qurilish ishlari boshlandi. Bu haqda podrobno.uzga tuman ma`muriyati rahbari Sharofiddin Qodirov xabar berdi.

Aholi yashash dahasi yoki shaharsozlar tili bilan aytganda “mini-shaharcha”da 15 ta 9 qavatli uylar barpo etiladi. Shuningdek, bolalar maydonchasi, savdo qatorlari, turli xizmat ko`rsatish binolar qad rostlaydi. Bir so`z bilan aytganda, aholi uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi.

Yangi tumancha o`rnidagi ayollar kolonasi esa Toshkent viloyatiga ko`chirilgan.

    Boshqa yangiliklar