Mashxur dizayner Roberto Kavalli bir necha kun oldin qizi Kristina Kavallini turmushga berdi. Bu haqda dizaynerning o`zi ommaviy axborot vositalariga xabar berdi, deb yozadi ru.hellomagazine.com nashri.
“U o`zi ko`ngil qo`ygan insonga turmushga chiqdi. Odamlar orasida meni juda yaxshi tanishlarini bilaman, ammo tan olib aytishim kerakki, garchi barchaning nazarida mashxur inson bo`lib, ko`chilikka nafim tekkan bo`lsada, qizim Kristinaga juda kam vaqt ajratganman, men uning chinakamiga baxtli bo`lishini istayman” - deydi jurnalistlarga bergan intervyusida Kavalli.
Eslatib o`tamiz, Kristina Roberto Kavallining birinchi turmush o`rtog`i Silvanella Jiannonining qizlaridir. Ular 1964 yilda turmush qurishgan va birgalikda 10 yil hayot kechirishgan. Kristinaning Tomasso ismli ukasi ham bor.





