AsosiyShou-biznes

"Arvoh ovlovchilar" to`rt asrdan keyin qaytishadi

“Vegasda qizlar bazmi” va “Yubkali polisiyachilar” komediya filmlari rejisseri Pol Feyg “Arvoh ovlovchilar” filmining to`rtinchi qismini suratga oladi.  Yangi kartinaning avvalgilardan asosiy farqi shundaki, bu safar bosh rolni ayol kishi ijro etadi, deya xabar beradi RTE.

"Bu rasmiy xabar. Men yangi “Arvoh ovlovchilar”ni tasvirga olaman, ssenariyni esa Keti Dippold yozadi. Va filmda juda kulguli ayollar rol o`ynashadi”, - deydi rejisser o`z “Tvitter”i orqali..

“Arvoh ovlovchilar”ning birinchi qismi 1984 yili ekranga chiqqan bo`lib, ijarada juda katta muvafaqiyatga erishgan edi. Sarguzashttalablarning ikkinchi filmi esa 6 yildan so`ng efir yuzini ko`rdi.

    Boshqa yangiliklar