AsosiyDunyo

800 ming asalari bog`bonni halok qildi

Ushbu falokat Arizona shtatining Duglas shahrida sodir bo`ldi. Ikki bog`bon bir necha yuz minglab asalarilarning chaqishidan zahmat chekishdi. Ulardan biri keyinchalik kasalxonada halok bo`ldi, deya xabar beradi USA Today.

Ismlari ma`lum qilinmayotgan amerikaliklar 90 yoshli nafaqaxo`rga tegishli bog`da ishlashardi. Bu ishni ularga odamlarga ijtimoiy yordam ko`rsatuvchi xizmat topib bergan edi. Taxminlarga ko`ra bog`bon va uning yordamchisi juda ulkan asalari uyasini titishgan. Ekspertlar fikriga ko`ra, asalarilar bu uyani 10 yil davomida qurishgan. U erda 800 mingga yaqin ari istiqomat qilardi. Uy xo`jayinining chordoqda bunday “mehmon”lar borligidan xabari bor-yo`qligi noma`lum.

Kasalxonaga etkazilgan ikki bog`bondan biri biroz vaqt o`tib, o`sha erda vafot etgan. Uyani esa o`n o`chiruvchilar maxsus kiyimlarda yo`q qilishdi. Buning uchun ular olov purkagichlardan foydalanishgan.

Qayd etish kerakki, gap oddiy asalari emas, balki Afrika mamlakatlariga tegishli ari haqida ketmoqda. Ularni birinchi marta Braziliyaga 1950 yillarda olib kelishgan. Ular kattaligi va kutilmagan tajovuzkorligi bilan ajralib turadi.

    Boshqa yangiliklar