AsosiyJamiyat

Issiqlik quvuri yorilishi natijasida ikkita avtomashina zarar ko`rdi

'Issiqlik quvuri yorilishi natijasida ikkita avtomashina zarar ko`rdi'ning rasmi

13 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi "Qatortol" ko`chasida issiq suv quvuri yorilishi natijasida "Spark" avtomashinasi zarar ko`rgani haqidagi videova fotolar tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB boshqarmasi xabariga ko`ra, "Toshissiqquvvati" Chilonzor tumanida isitish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilayotgan vaqtida "Qatortol" ko`chasidagi issiqlik tarmoqlarining eskirgan qismida magistral quvuri yorilib ketgan. Natijada shu hududdagi "Spark" va "Matiz" engil avtomobillari buzilgan asfalt qoplamasi tufayli shikastlangan.

Hozirda ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar