AsosiyJamiyat

O`zbekiston hududida er silkinishi qayd etildi

'O`zbekiston  hududida er silkinishi qayd etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma`lumotiga ko`ra, 2018 yil 14 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:31da O`zbekiston Respublikasi hududida er silkinishi qayd etildi.

Zilzila episentri Toshkent shahridan 463 km uzoqlikda janubiy-sharqiy yo`nalishda Afg`oniston Respublikasi hududida qayd etildi (37,27 N, 70,75 E).

Zilzila magnitudasi M=5,1.

Zilzila chuqurligi N=100 km.

Zilzila kuchi Termiz shahrida - 2 ballni, Farg`ona shahrida-2 ballni, Guliston shahrida-2 ballni tashkil etgan.

Respublikaning boshqa hududlarida zilzila qayd etilmadi.

Talafotlar va jabrlanganlar to`g`risida ma`lumotlar kelib tushmadi.

    Boshqa yangiliklar