O`zbekiston va Qozog`iston Respublikalari ayol tadbirkorlarining Toshkentda o`tayotgan forumida O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish qo`mitasi raisi o`rinbosari Saidakbarxon Akbarov tashabbus bilan chiqdi.
S.Akbarov Markaziy Osiyo davlatlari yoshlari turizm forumini tashkil etish taklifini bildirdi. Forum barcha olti davlat yoshlarini jamlaydi, deb yozmoqda O`zA.
“Forum uch kun davom etadi. Unda asosan yoshlar ishtirok etishi ko`zlangan. Forumning 1- va 2-kunlari turizmni rivojlantirish bo`yicha innovasion loyihalar takliflari bildiriladi, o`zaro tajriba almashiniladi. Uchinchi kun yoshlar uchun festival tashkillashtiriladi va unda xorijiy yulduzlar ishtirok etishini rejalashtirganmiz. Ushbu mintaqaviy forum orqali Markaziyo Osiyo davlatlarining turizm salohiyatini oshirish va qo`shni davlatlarning faol yoshlarini birlashtirish va ularga tajriba almashishga imkoniyat berish mumkin. Bu faqatgina taklif, uni qachon amalga oshirilishi bo`yicha hozircha aniq ma`lumotlar yo`q.”
Forum qatnashchilari hukumatimizning eng yosh vakillaridan bo`lgan Saidakbarxon Akbarovning taklifini qo`llab-quvvatladilar.
13.09.2018 14:22
O`zbekiston hukumatining eng yosh vakili tashabbus bilan chiqdi






