AsosiyJamiyat

Mongoliyada o`rmonchilikka bag`ishlangan xalqaro anjumanda hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda

'Mongoliyada o`rmonchilikka bag`ishlangan xalqaro anjumanda hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda'ning rasmi

O`rmon – har qaysi davlatning umummilliy boyligi sanaladi. U nafosat, ko`rkamlik, salomatlik garovi, sof havo manbai sifatida hududlarda ekologik vaziyatni yaxshilash, bioxilma-xillikni saqlab qolish uchun xizmat qiladi.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO), Mo`g`uliston atrof-muhit va turizm vazirligi, Mo`g`ul qishloq xo`jaligi hamkorlik tashkiloti milliy assosiasiyasi va Chexiya Respublikasining Ulan-Batordagi elchixonasi, Chexiya Qishloq xo`jaligi vazirligi hamda o`rmon menejmenti instituti hamkorligida tashkillashtirilgan ushbu haftalikda O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi delegasiyasi ham ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilar ochiq tabiat qo`ynida xalqaro andozalarga mos tajribalar bilan o`rtoqlashishmoqda, hududlarning o`rmon xo`jaligi sharoitlarini hisobga olib, o`rmonchilik bo`yicha mavjud qonunchilikni yanada takomillashtirish, tabiatni asrab-avaylash hamda aholining ekologik savodxonligini oshirish bo`yicha o`zaro fikr almashmoqdalar.

Sayyoramizda faol va sog`lom turmush tarzi uchun zarur bo`ladigan yuqori sifatli va xavfsiz mahsulotlar etishtirish, tabiiy, xususan, er, suv, havo, iqlim va genetik resurslarni barqaror boshqarish, ulardan samarali foydalanish kabi muhim masalalar yuzasidan tajriba orttirmoqdalar.

Ulan-Bator shahrida o`tkazilayotgan ushbu haftalik 15 sentyabrga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar