Italiyada sakkizinchi qavatdan boshiga mushuk tushib ketgan erkak, jonivorning egasini sudga berdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Voqea Turin shahrida ro`y bergan. 56 yoshli erkak bozorga ketayotganda ko`p qavatli uyning sakkizinchi qavatidan og`irligi 6 kilogrammga yaqin bo`lgan mushuk uning boshiga tushib, bo`yni va umurtqasiga jiddiy jarohat etkazgan.
Jonivor voqea joyida halok bo`lgan, jabrlangan erkak esa kasalxonaga yotqizilgan. Shundan keyin erkak mushukning egasi bo`lgan ayolni sudga bergan. Ayol hayvon ustidan nazoratni susaytirganlikda, ehtiyotsizlik tufayli sog`likka zarar etkazganlikda ayblangan va jarimaga tortilgan.






