Buyuk Britaniyada yashovchi yigit to`yidan keyin ikki soat o`tgach, olamdan o`tdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Denni Emsli va uning qaylig`i Klerning to`yi 17 avgust kuni bo`lib o`tgan. To`y mamlakatning shimoliy qismida joylashgan Ueterbi shahridan uzoq bo`lmagan mehmonxonada bo`lgan. Tantanada kelin-kuyovning 80 nafarga yaqin qarindosh-urug`lari, do`stlari ishtirok etgan.
Soat 23:30 da Denni kelin-kuyov uchun ajratilgan nomerga ko`tarilgan Kler esa bazmni davom ettirgan. U bir soatdan keyin kuyovdan xabar olish uchun nomerga kelganda kuyov hali tirik bo`lgan. Soat 01:30 da bazm tugagandan keyin xonaga kirgan kelin Dennining olamdan o`tganini bilgan.
Etib kelgan tez yordam xodimlari ham kuyovni qutqarib qololmagan. Polisiya jasadda qasddan o`ldirish alomatlari yo`qligini aniqlagan. Kuyovning do`stlari esa Denni hech qachon sog`ligidan shikoyat qilmaganligini ma`lum qilgan. Bir kunda bevaga aylangan kelin esa o`zining Facebook sahifasida turmush o`rtog`isiz hayotini tasavvur qila olmayotgani haqida izoh qoldirgan.






