Avstraliyaning Pert shahrida yashovchi taksichi 25 ming Avstraliya dollari qiymatiga ega uzukni egasiga qaytardi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Taksini Avstraliyaga o`qish uchun kelgan, hindistonlik talaba Singx Dillon (Singh Dhillon) boshqargan. Singx darsdan bo`sh vaqtlarida taksichilik bilan shug`ullangan. U shoshilinchda uzugini mashinada qoldirgan Tomas Karltonni (Thomas Carlton) manziliga eltib qo`ygan.
Karlton uzugi yo`qolganligini darrov sezmagan. Sezganla esa qidirib topa olmagan. Shundan keyin u taksoparkka qo`ng`iroq qilgan. Dispetcher barcha haydovchilarni voqeadan xabardor qilgan.
Buni eshitgan Singx avtomobilini tekshirib ko`rgan va haqiqatan ham uzuk mashinaga tushib qolganligini aniqlagan. Singx yo`qolgan uzukni egasiga qaytargan. Uning noroziligiga qaramay uzuk egasi 50 dollar suyunchi bergan.






