Abxaziya bosh vaziri Gennadiy Gaguliya 8 sentyabr kuni tunda Myusser posti joylashgan hududda sodir bo`lgan YTH da halok bo`ldi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.
Gennadiy Leonidovich Gaguliya kasalxonaga olib ketilayotganda tirik bo`lgan. YTH oqibatida to`rt kishi jabrlangan. Sochi aeroportidan chiqqan hukumat korteji Abxaziya tomon yo`lga chiqqan.
YTH ga VAZ avtomobili haydovchisi Xajarat Tarsmanning giyohvandlik moddasi ta`siridaligi sabab bo`lgan. 60 yoshli Gennadiy Gaguliya kasalxonada olamdan o`tgan.






