Xitoyning Yunnan provinsiyasidagi Moszyan uezdida sodir bo`lgan 5,9 magnitudali zilzila oqibatida kamida 26 kishi jabrlandi, deb xabar berdi TASS nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, zilzila 8 sentyabr kuni, mahalliy vaqt bilan 1g`:31 da sodir bo`lgan. Uylari vayron bo`lgan 4964 kishi xavfsiz joyga ko`chirilgan. Zilzila oqibatida 29 398 kishi moddiy zarar ko`rgan. 34 ta maktab va bir nechta ko`priklarga ham ziyon etgan.






