AsosiyDunyo

Tinch okeani qa`ridan sirli izlar topildi

'Tinch okeani qa`ridan sirli izlar topildi'ning rasmi

Meksika va Gavayya oralag`idagi Tinch okeanida 4 kilometr chuqurlikdan olimlarning taxminicha, NUJ lar tomonidan qoldirilgan izlar aniqlandi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.

Izlarning uzunligi ikki yarim metrni, chuqurligi taxminan o`ttiz santimetrni tashkil etadi, ular Britaniyaning Sautgempton Milliy okeanografiya markazi tadqiqotchilarining suv ostini kuzatish robotlari orqali aniqlandi.

Olimlar bunday izlarni baliqlar, suv tubida yashovchi jonivorlar qoldira olmasligini ta`kidlashmoqda. Ba`zi bir ekspertlar esa buni boshqa sivilizasiya vakillari qoldirgan iz, deb hisoblamoqda.

    Boshqa yangiliklar