Aviasiya uchuvchilari Xalqaro assosiasiyasi bergan ma`lumotga ko`ra, uchuvchi ayollar soni ko`p bo`lgan mamlakat Hindiston ekanligi ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.
Assosiasiyaning xabar berishicha, dunyo bo`yicha uchuvchi ayollar soni 5 % ni tashkil etsa, bu ko`rsatkich Hindistonda 13 % ni tashkil etar ekan. Mazkur ko`rsatkich Buyuk Britaniyada 4,77 %, AQSh da esa 4,36 % dir.
Shuni ham ta`kidlash jozki, Hindiston dunyo aviasiya bozorida eng tez rivojlanayotgan davlatlardan biriga aylangan, shuning uchun ham aviakompaniyalarda uchuvchilarga talab yuqori darajaga ko`tarilgan.






