Toshkent viloyati YHXB xodimlari bolalar ishtirokidagi yo`l transport hodisalarining oldini olishga alohida e`tibor qaratib kelmoqda.
Bu jarayonda viloyat YHXBning xotin-qizlar jamoasi ham faol ishtirokchidir. Ular muntazam ravishda ta`lim muassasalari, mahallalarda bo`lib yoshlar o`rtasida tushuntirish ishlarini olib boradi.

Yaqinda viloyat hududida tashkil etilgan “Diqqat bolalar!” tadbirida ham boshqarma xotin-qizlar jamoasi faol ishtirok etdi. Ular erta tongdanoq ko`chalarga chiqib, boshlang`ich sinf o`quvchilarining yo`ldan o`tishiga ko`maklashdi, deb yozadi O`zA.

Maktabda dars boshlangandan so`ng esa o`quvchilarga yo`l harakati qoidalari bo`yicha dastlabki ko`nikmalarni berishdi.






