Stiv Jobsning hayotiga bag`ishlab suratga olinishi mo`ljallanayotgan filmda Gollivudning mashxur aktyori Leonardi Di Kaprio bosh rolni, ya`ni Stiv Jobsni gavdalantirishi haqida chet el ommaviy axborot vositalari tomonidan ma`lumot berilgandi.
Biroq endilikda, Di Kaprio ushbu rolni o`ynashni rad etgani haqida xabar qilinmoqda, deb yozadi ru.hellomagazine.com nashri.
Ayni damda Jobsni aktyor Kristian Beyl o`ynashi tahmin qilinmoqda. Shu bilan birga Mett Deymon, Ben Afllek va Bredli Kuper kabilar ham Stiv Jobsni gavdalantirishlari mumkinligi haqidagi tahminlar bor.





