AsosiyJamiyat

FVV Lipeskdagi YTHda vafot etgan o`zbekistonliklar haqida ma`lumot berdi

'FVV Lipeskdagi YTHda vafot etgan o`zbekistonliklar haqida ma`lumot berdi'ning rasmi

Avvalroq Rossiyaning Lipesk viloyatida ikkita engil avtomobilning to`qnashib ketishi natijasida besh nafar o`zbekistonlik vafot etgani haqida xabar bergan edik. O`zbekiston FVV ushbu YTH yuzasidan ma`lumot berdi.

"Rossiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan ma`lumotga asosan, 2018 yilning 6 sentyabr kuni soat 20:30da Lipesk viloyati Dubrovskiy tumani Bogorodsk aholi punktida «Toyota RAV 4» rusumli davlat raqami R789MO 48RUS engil avtomobili «VAZ 2106» rusumli davlat raqami E060KX 48RUS engil avtomobili bilan to`qnashuv yuz bergan", - deyilgan xabarda.

Yo`l transport hodisasi natijasida voqea joyida 5 nafar O`zbekiston fuqarosi vafot etgan, 1 nafar Rossiya Federasiyasi fuqarosi turli darajada tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqarolar:

  1. Ahmedov Mavlonbek Raxinbaevich - 1986 y.t;
  2. Sapaev Mirzambek - 1990 y.t;
  3. Samandarov Narimon Alimovich - 1984 y.t;
  4. Adambaev Zavion G`ulomovich - 1983 y.t;
  5. Alaberdiev Azimbek Kasimovich - 1988 y.t;

Hozirda halok bo`lgan O`zbeksiton Respublikasi fuqarolari Lipesk viloyati Dubrovskiy tumani shifoxonasida saqlanmoqda.

Vafot etgan fuqarolarning yaqinlari va qarindoshlari O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Tezkor raqami» (+998 71) 147-10-50 ga murojaat etishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar