Rossiyaning Lipesk viloyatida ikkita engil avtomobilning to`qnashib ketishi natijasida besh kishi halok bo`ldi, bir kishi esa og`ir jarohatlandi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar bermoqda.
Rossiya FVV ma`lumotiga ko`ra, YTH 6 sentyabr kuni Dubrovskiy tumani Bogorodsk aholi punktiga yaqin "Lipesk—Chapligin" avtomobil yo`lida sodir bo`lgan.
Lipesk tomonga harakatlanayotgan Toyota RAV4 va qarama-qarshi tomonga kelayotgan VAZ-2103 bilan to`qnashib ketgan. Oqibatda VAZ-2103 haydovchisi va to`rt nafar yo`lovchi halok bo`lgan, Toyota haydovchisi kasalxonaga yotqizilgan.
Rossiya IIV vakili Maslakovning ta`kidlashicha, halok bo`lganlarning barchasi — o`zbekistonliklar. Ular Dobrovskiy tumanida qonuniy yashagan va barcha kerakli hujjatlari bo`lgan.
YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.






