AsosiyDunyo

Germaniyadagi neftni qayta ishlash zavodida katta yong`in sodir bo`ldi

'Germaniyadagi neftni qayta ishlash zavodida katta yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Germaniyada neftni qayta ishlash zavodida katta yong`in sodir bo`ldi, deb xabar berdi TASS nashri.

Hodisa oqibatida 9 kishi jarohat olgani xabar qilinmoqda. Voqea Ingolshtadt shahridagi Bayernol neftni qayta ishlash zavodida yuz berdi. Binoda kuchli portlashdan so`ng alanga kelib chiqqan. Yong`in haqidagi xabardan so`ng, polisiya yaqin oradagi bino hamda uylardan odamlarni evakuasiya qildi. 2 mingdan ortiq odam favqulodda ravishda o`z uylarini tark etishga majbur bo`lgan.

Hodisa ro`y bergan vaqtda zavodda 200 nafardan ortiq ishchilar bo`lib, ularning 9 nafari kuyish jarohati bilan kasalxonaga olib ketildi. Shifokorlar 1 kishining ahvoli o`ta og`ir ekanligini ta`kidlashmoqda.

Portlash sabablari hozircha noma`lum. Hududda tarqalgan zaharli tutun sabab odamlardan deraza va eshiklarni iloji boricha ochmaslik so`ralmoqda. Mazkur neftni qayta ishlash zavodi voqea tufayli katta moliyaviy zarar ko`rdi. Biroq ushbu ma`lumot oshkor qilinmayapti. Holat yuzasidan tergov- surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar