AsosiyDunyo

O`zbek ayoli Turkiya chegarasidan​ jomadon ichida o`tayotganda to`xtatildi ​ (video)

'O`zbek ayoli Turkiya chegarasidan​ jomadon ichida o`tayotganda to`xtatildi ​ (video)'ning rasmi

Gruziya – Turkiya davlat chegarasida turkiyalik chegarachilar Gruziya fuqarosi jomadonida ayol borligini aniqlashgan, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.

Voqea “Sarpi” chegara-nazorat punktida sodir bo`lgan. 24 yoshli Gruziya fuqarosi o`zi bilan olib o`tayotgan katta jomadon Turkiya chegarachilarida shubha uyg`otgan. Chegarachilar uni ochishni talab qilishgan.

Jomadonni ochib ko`rganda, ichida chegarani noqonuniy kesib o`tayotgan 27 yoshli O`zbekiston fuqarosi bo`lgan. Ma`lum bo`lishicha, ushbu fuqaroga Turkiya hududiga kirish 5 yilga ta`qiqlangan bo`lgan.

Ushbu qonunbuzarlik yuzasidan Turkiya polisiyasi tomonidan ikkala fuqaroga nisbatan ham jinoiy ish qo`zg`atilgan.


Boshqa yangiliklar