Koreya urushining veterani bo`lgan 98 yoshli Lyuter Yanger har kuni Nyu-York shtatining Rochester kasalxonasida davolanayotgan rafiqasini ko`rish uchun 12 milni piyoda bosib o`tar edi, deb xabar lenta.ru nashri.
2009 yilda Lyuterning rafiqasida miya saratoni aniqlanib, u batamom falajlanib qolgan edi. Juftlikning turmush qurganiga 40 yil bo`lgan, Lyuter hayotini rafiqasisiz tasavvur ham qilolmasdi.
Lyuterning har kuni rafiqasini ko`rish uchun piyoda yo`l bosishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga ma`lum bo`lgach, ular erkakka yordam berish uchun pul yig`a boshlashdi. Ayni paytda ayolni davolatish uchun zarur bo`lgan 65 ming dollarning 50 ming dollari yig`ilgan.






