AsosiyJamiyat

Maktabdan berilayotgan kitoblar uchun qancha pul to`lanishi lozim?

'Maktabdan berilayotgan kitoblar uchun qancha pul to`lanishi lozim?'ning rasmi

Farzandim maktabda o`qiydi, maktabdan berilayotgan kitoblar uchun qancha pul to`lanishi lozim? (I.O, Buxoro viloyati, Kogon tumani)

Darsliklar to`plami uchun ijara to`lovi miqdori respublika bo`yicha yagona bo`lib, uning narxlari 2018/2019 o`quv yili uchun quyidagicha belgilangan:

- umumta`lim maktablarining birinchi sinf o`quvchilarini uchun – bepul;

- 2-sinflari uchun 12 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 26 900 so`mni;

- 3-sinflar uchun 11 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 13 200 so`mni;

- 4-sinflar uchun 11 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 15 300 so`mni;

- 5-sinflar uchun 13 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 7 400 so`mni;

- 6-sinflar uchun 15 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 14 600 so`mni;

- 7-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 13 700 so`mni;

- 8-sinflar uchun 17 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 8 900 so`mni;

- 9-sinflar uchun 17 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 9 400 so`mni;

- 10-sinflar uchun 17 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 22 800 so`mni;

- 11-sinflar uchun 19 ta darslikdan iborat to`plamning ijara narxi 41 800 so`mni tashkil qiladi.

    Boshqa yangiliklar