Toshkentda 29 avgust kuni soat taxminan 20:17 atrofida 131-yo`nalish bo`yicha qatnovchi "Mersedes-Benz Low Conecto" rusumidagi yo`llovchi avtobusi yonib ketdi.
Toshkent shahar IIBB ma`lumotlariga ko`ra, 12-sonli avtosaroyga qarashli avtobusning yonilg`i tizimidagi nosozlik sabab, Olmazor tumanidagi “Ziyolilar” bekatida yonib ketgan. Voqea joyiga soat 20:22 da ikkita o`t o`chirish mashinasi etib kelgan va yong`in soat 20:26da bartaraf etilgan.
Yong`in oqibatida hech kimga shikast etmagan.






