Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti qoshida “Umumiy psixologiya” hamda “Amaliy psixologiya” kafedralari tashabbusi bilan talabalarga psixologik yordam berish markazi tashkil qilindi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.
Markazni ToshDPU psixologiya fanlari doktori Nuriddin Safaev boshqarmoqda. “Pedagogika va psixologiya” qayta tayyorlov kursi yo`nalishi bo`yicha maslahatchilar sifatida Feruza Alimova, dosent Dilorom Mahmudova va Bahodir Botirovlar faoliyat yuritishadi.
Talabalar ularga har kungi dars soatlaridan so`ng do`stlar o`rtasidagi, ta`lim olishdagi, oiladagi muammolar yuzasidan murojaat qilishlari va tegishli maslahatlarni olishlari mumkin.





