27 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida O`zbekiton Respublikasi Tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashdi.
Suhbat davomida O`zbekiston va BMT o`rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari, shuningdek xalqaro masalalar muhokama qilindi.
Pan Gi Mun oktyabr oyida O`zbekistonda o`tkaziladigan “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo`yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusiga bag`ishlangan xalqaro konferensiyasiga BMT tomonidan katta qiziqish qaratilishini ta`kidladi va uning maqsadlarini qo`llab-quvvatlashini izhor etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmat xabar beradi.
Uchrashuvda O`zbekiston va BMTning mushtarak manfaatlari doirasidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.





