O`zbekistonlik FIFA va OFK hakami Ravshan Ermatov o`z guruhi bilan ayni damda Xitoyda bo`lib turibdi, deb xabar berdi O`FA matbuot xizmati.
26 avgust sanasida Ermatov brigadasi bilan Xitoy Superligasining eng muhim bahslaridan biri bo`lgan «Changchun Yatay» va «Xebey Chayna Forchun» jamoalari o`rtasidagi bellashuvni boshqardi. Murosasiz o`tgan bahs 2-2 hisobidagi jangovar durang bilan nihoyasiga etdi.
Ermatovga qanotlarda Abduhamidillo Rasulov va Sanjar Shoyusupov yordam berdi. Endi Ravshan Ermatov jamoasi bilan navbatdagi turdan o`rin olgan «Guanjou Evergrand» – «Shanxay Shenxua» uchrashuvda ham ishlaydi. Mazkur o`yin 2 sentyabr kuni bo`lib o`tadi.
Xitoy Superligasi
2 sentyabr
"Guanjou Evergrand" - "Shanxay Shenxua"
Bosh hakam: Ravshan Ermatov
Yon hakamlar: A.Rasulov, S.Shoyusupov






