AsosiyShou-biznes

Serdar O`tach irlandiyalik model Xloya Lounan bilan oila qurdi

“Turkiyalik Maykl Jekson” nomi bilan mashxur bo`lgan qo`shiqchi Serdar O`tach irlandiyalik model Xloya Lounan bilan 2014 yilning 26 iyun kuni turmush qurdi. Bu xaqda antalyatoday.ru nashri xabar beradi.

Aslida Serdar ushbu maftunkor qiz bilan bundan ikki yil oldin, Istambulda qo`shiqchining videoklipini suratga olish munosabati bilan o`tkazilgan kastingda tanishgandi.O`shanda Xloya 19 yoshda edi. Ikki yil o`tib esa ular Kuru Cesme qimmatbaho orololdi hududida 500 kishi ishtirokida katta tantana bilan oila qurishdi.

Aytish lozimki, ular orasidagi farq 23 yoshni tashkil etadi. Xloya Lounan to`y marosimi davomida to`rt marotaba turli bichim va bezakdagi kelin ko`ylaklarini bilan barchani lol qoldirdi.

Ushbu liboslarning biri turkiyalik mashxur dizayner Umit Kutluk tomonidan yaratilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, Serdar O`tach va Xloya Lounan hozircha Istambulda yashash istagidalar.

 

    Boshqa yangiliklar