AsosiyJamiyat

Yoshlar ittifoqi e`lon qiladi!

'Yoshlar ittifoqi e`lon qiladi!'ning rasmi

Ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!

Ertaga, 2018 yil 24 avgust kuni O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasi faoliyati yuzasidan matbuot anjumani bo`lib o`tadi. Unda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi vakillari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tijorat bank vakillari, ommaviy axborot vositalari vakillari, yosh tadbirkorlar va yoshlar ishtirok etadi.

“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosi va “YoShLARKELAJAGIMIZ” jamg`armasi to`g`risidagi Nizom mazmun-mohiyati yuzasidan jamg`arma direktori tomonidan, jamg`arma mablag`laridan imtiyozli kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini ko`rsatish hamda tijorat banklari kreditlari bo`yicha kafilliklar berish tartibi to`g`risida Markaziy Bank vakili tomonidan, ishsiz va band bo`lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo`lgan kasblar va mutaxassisliklarga professional o`qitish yuzasidan qisqa muddatli kurslar sonini tubdan oshirish va ularning sifatini yuksaltirish, shuningdek, ularga biznes yuritish ko`nikmalarini singdirish bo`yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakili tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun taqdimot qilinishi rejalashtirilgan.

Matbuot anjumani davomida banklar bilan hamkorlik memorandumi imzolanadi.

Matbuot anjumani ertaga soat 10.00 da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar