20 avgust kuni Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida yashovchi Baxtiyor Jaynaqulov IIBga murojaat qilib, shu yil 17 avgust kuni soat 19.00 larda birga yashovchi qizi 1997 y.t. Madina Qahramonova tanishi 1995 y.t. Furqat Tojiqulov bilan uchrashib, ular noma`lum tomonga ketib bedarak yo`qolganliklarini ma`lum qilgan. Ularni qidirib topish choralari ko`rilgan.
"Hurmatli fuqarolar, agar Siz M.Qahramonova va uning tanishi F.Tojiqulov haqida biron-bir ma`lumotga ega bo`lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo`limlariga yoki “102” telefon raqamiga qo`ng`iroq qilib, xabar berishingizni so`raymiz", - deyilgan O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarda.






