Checheniston Respublikasida polisiyachilarga noma`lum shaxslar hujum qildi, deya xabar bermoqda Ren.tv nashri.
Ushbu hujumlar uch joyda sodir bo`lgan. Shalinskiy Ichki ishlar bo`limida bir polisiyachiga pichoq bilan hujum qilishgan.
Mesker-Yurt qishlog`ida polisiyachilar yonida ryukzak taqqan kishi o`zini portlatib yuborgan. Polisiyachilar yoki oddiy fuqarolar jabrlanmagan.
Grozniyda esa bir haydovchi YPX xodimini bosib ketay degan. Polisiyachilar qurol ishlatishga majbur bo`lishgan.
Hozirda ushbu holatlar bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






