2014-yilning 25-27-sentyabr kunlari Tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi BMT Bosh Assambleyasi 69-sessiyasidagi umumiy munozaralarda ishtirok etadi.
Delegasiyaning Nyu-Yorkka tashrifi doirasida boshqa davlatlar vakillari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.





