Mashhur yamaykalik sprinter, sakkiz karra Olimpiada chempioni Useyn Bolt yaqinda Avstraliyaning “Sentral Kost Mariners” futbol klubi bilan shartnoma tuzdi, deya ta`kidlamoqda Vesti nashri.
31 yoshli Bolt o`z kuchini professional futbolda sinab ko`rmoqchi.
Bolt sprinterlik karerasini tugatib, bir necha klublar bilan mashg`ulotlar olib bormoqchi bo`lgan. Avstraliya klubi bilan tuzilgan shartnoma uning futbol karerasidagi ilk shartnomadir.
“Dunyoga o`zimning nimalarga qodir ekanligimni ko`rsatib qo`ymoqchiman. Barchasi o`zimizning qo`limizda. Professional futbol bilan shug`ullanmoqchi ekanligimni o`tgan yiliyoq ma`lum qilgandim. Bu qo`limdan kelishiga ishonaman”, deydi Bolt.






