AsosiyDunyo

Dunyoning yashash uchun qulay bo`lgan shaharlari nomi ma`lum bo`ldi

'Dunyoning yashash uchun qulay bo`lgan shaharlari nomi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Amerikaning The Economist jurnali Global Liveability Ranking 2018 nomli dunyoning yashash uchun qulay bo`lgan shaharlari reytingini e`lon qildt, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Ro`yxatning birinchi o`rnini Avstriya poytaxti Vena, ikkinchi o`rinni Avstraliyaning Melbrun, uchinchi o`rinni esa Yaponiyaning Osako shaharlari egalladi.

Shu bilan birga birinchi o`ntalikka Kanadaning Kalgari, Avstraliyaning Sidney, Kanadaning Vankuver, Yaponiyaning Tokio, Kanadaning Toronto, Daniyaning Kopengagen, Avstraliyaning Adelaida shaharlari kiritilgan.

Rossiyaning Moskva va Snkt-Peterburg shaharlariga ro`yxatning 68 va 70 o`rinlari nasib etgan. The Economist jurnali versiyasiga ko`ra , Suriyaning Damashq shahri yashash uchun noqulay bo`lgan shahar unvoniga sazovor bo`lgan.

Mazkur ro`yxat tuzilayotganda, sog`likni saqlash, madaniy rivojlanish darajasi, atrof-muhit tozaligi, ta`lim va infrastruktura rivojlanish darajasidagi ko`rsatkichlar hisobga olingan.

    Boshqa yangiliklar