AsosiyDunyo

Volkswagen “ikki qavatli” g`ildirakli uyni namoyish etdi (Foto)

'Volkswagen “ikki qavatli” g`ildirakli uyni namoyish etdi (Foto)'ning rasmi

Volkswagen kompaniyasi “ikki qavatli” g`ildirakli uyni namoyish etdi, deb xabar qilmoqda news.day.az nashri.


G`ildirakli uyning nomi Grand California.

Gabarit mashinaning uzunligi olti metrga etadi. Kabinaning balandiligi – 2,2 metr. 180 darajaga aylanuvchi old o`rindiqlarning ortida ovqatlanish zonasi mavjud. Undan keyin esa bir kvadrat metrli vannaxona joylashgan.

Elektr tarmog`i harakatlanish datchiklariga bog`liq. Hammomda suv haroratini nazorat qilsa bo`ladi, suv hajmi 110 litr.

Undan keyin ikki konforkali plita va rakovina joylashgan. Bu erda idish-tovoqlar shafi va 70 litrli sovutkich bor. Salonning orqa qismida katta karavot bo`lib, ikkinchi qavatda ham ikki kishilik karavot bor. Bu holatda mashina balandiligi uch metrgacha etadi.


    Boshqa yangiliklar