AQShning Klivlend shtatidan bo`lmish jurnalist Lidiya Kutre shu kunlarda shaftolilar bilan birga vaqt o`tkazishni xush ko`radigan mushukning suratlarini chop ettirdi, deya xabar qildi Moya-planeta nashri.
Ozzi laqabli mushuk mevalarni emaydi, aksincha ularni qo`riqlab, birga vaqt o`tkazadi. Internet tarmog`ida shunday taxminlar ham paydo bo`ldiki, go`yo Ozzi shaftolilarni o`zining bolalari yoki mushuk tuxumlari deb o`ylaydi. Yana kimdir Ozzi yolg`iz deya aytmoqda. Ammo Ozzi yolg`iz emas ekan. Uning Darsi laqabli mushukoyimi bor ekan. Darsi Ozzi mevalardan charchab o`zining yoniga qaytib kelishini kutmoqda.









