2014 yilning 18 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Misr Arab Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi G`ada Abulfath Ali al-G`annamni qabul qildi.
Elchi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Bo`lib o`tgan suhbat chog`ida O`zbekiston-Misr o`rtasidagi ikki va ko`p tomonlama shakldagi, shu jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik amaliy masalalari muhokama etildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar beradi.
Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o`zaro aloqalarning istiqbolli yo`nalishlariga alohida e`tibor qaratildi. Savdo-sotiq hajmini orttirish, iqtisodiyotning turli sohalaridagi qo`shma loyihalarni amalga oshirish, sayyohlik va boshqa jabhalarda o`zaro tajriba almashishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida Vazir Elchiga O`zbekistondagi Misrning diplomatiya missiyasi rahbarligida sermahsul faoliyat tilagini bildirdi.





