Toshkent Davlat irrigasiya va meliorasiya instituti mutaxassislari tomonidan suvni tozalash avtonom qurilmasini ixtiro qilishdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi rasiy sayti xabar beradi.
Ushbu ixtiro uzoqda joylashgan aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta`minlash uchun suvni zararli mikroblardan tozalashmga mo`ljallangan. Qurilma ultrabinafsha suv tozalash vositasini o`z ichiga oladi. U ifloslangan oquvchi suvlarni tozalab beradi. Suvni filtrlash uchun elektromagnit qurilmadan foydalanilgan. Shu sababli ham suvni mexanik aralashmalardan filtrlovchi elementni tez-tez aralashtirmagan holda ham vaqt ham mablag`ni tejagan holda suvni tozalash imkoniyati paydo bo`ladi.
Mutaxassislar ushbu ixtiroga pantent olish uchun talabnoma topshirishgan.





