O`tgan hafta mobaynida O`zbekiston hududida 232 ta yong`in sodir bo`lganligi qayd etilgan. Bu haqda IIB matbuot xizmati xabar beradi.
Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 3 nafar fuqaro tan jarohatlari olishgan va 2 nafar fuqaro halok bo`lgan. Ushbu yong`inlarda 1 mld. 29 mln. 325 ming 983 so`m miqdorida qurilish materiallari va 862 mln. 62 ming 278 so`m miqdorida moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan.
Farg`ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi A.Saidov o`z uyida sigareta chekib uxlab qoladi va qo`lidagi sigareta qoldig`i poldagi gilamga tushib, xonani quyuq tutun egallaydi. Oqibatda tutundan zaharlangan uy egasi bevaqt olamdan ko`z yumdi.





