AsosiyJamiyat

Ravshan G`ulomov Davlat raqobat qo`mitasi raisligidan ketdi

'Ravshan G`ulomov Davlat raqobat qo`mitasi raisligidan ketdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Ravshan Ayubovich G`ulomov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan o`z lavozimini tark etgan. Prezident 7 avgustda G`ulomovni lavozimdan ozod etish bo`yicha farmoni imzolangan. Bu haqda ushbu qo`mita axborot xizmati xabar qildi.

Ravshan G`ulomov 2017 yil aprelidan beri Davlat raqobat qo`mitasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Shuningdek, u turli yillarda Markaziy bank raisi birinchi o`rinbosari (2001-2004), O`zbekiston Milliy banki raisi birinchi o`rinbosari va “Asaka” bank raisi (2004-2007), Moliya vaziri birinchi o`rinbosari (2009-2010), Iqtisodiyot vaziri (2010-2012), Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investisiya vaziri birinchi o`rinbosari, O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi ijrochi direktori bo`lib ishlagan.

    Boshqa yangiliklar