AsosiyJamiyat

Sergelidagi "Erkin market" oziq-ovqat magazinida yong`in sodir bo`ldi

'Sergelidagi "Erkin market" oziq-ovqat magazinida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Shu yilning 7 avgust kunidan 8 avgust kuniga o`tar kechasi soat 3:30 da Toshkent shahar IIBB YoXB kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish boshqarmasi markaziga “Erkin market” oziq-ovqat magazinida yong`in kelib chiqqani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida soat 4:39 da yong`in to`liq bartaraf etildi. Dastlabki taxminlarga ko`ra, elektr tarmog`idagi qisqa tutashuv falokatga sabab bo`lgan.

Jarohatlanganlar va qurbonlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar