AsosiyJamiyat

Yangiqo`rg`ondagi fojia sabablari: Svetofor o`rnatilishiga nega panja orasidan qaralmoqda?

'Yangiqo`rg`ondagi fojia sabablari: Svetofor o`rnatilishiga nega panja orasidan qaralmoqda?'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, Namangan viloyatining Yangqiqo`rg`on tumanidagi Qizilqiyoq mahallasida shu yil 1 avgust kuni yo`l-transport hodisasi bilan bog`liq fojia ro`y berdi. Shu kuni tongda Qorapolvon mahallasida yashovchi D. M. “Moskvich-412” rusumli mashinasini ushbu mahalla hududida haydab ketayotib, boshqaruvni uddlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan Shahnoza Umurzoqova va uning qizi Sojida Sohibjonovani urib yuboradi.

Ona-bola o`sha zahoti kasalxonaga keltirildi, biroq ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, hayotdan ko`z yumishdi. Taassufkim, fuqaro Marg`uba Musaboeva xonadonining kelini bo`lgan Shahnoza endigina 25 yoshga kirgan, uning qizalog`i esa hali yoshiga ham to`lmagan edi.

- Bu hududimizda ikki yil ichida avtohalokat oqibatida ro`y bergan o`ninchi o`lim holati, - deydi “Qizilqiyoq” mahalla fuqarolar yig`ini raisi Asqarali Rahimov. – O`tgan 2017 yili yuz bergan 6 ta avtohalokatda 7 kishi halok bo`ldi, bu yil esa 2 ta shunday baxtsiz hodisa oqibatida 3 kishidan ajralib turibmiz. Bunday fojialar ko`p bo`layotgani uchun 4-umumta`lim maktabi ko`chasidan chiqishga svetofor o`rnatib berishlarini so`rab, Yangqiqo`rg`on tumani ichki ishlar bo`limi hamda Namangan viloyati IIB idorasiga murojaat qilgandik. Afsuski, bu masala hozirgacha hal bo`lmagani yo`q, deb yozmoqda Yangiqo`rg`on tumani hokimligi axborot xizmati.

Hisob-kitoblarga ko`ra, bir svetoforning o`rnatilishi 70 million so`mga to`xtar ekan. To`g`ri, mablag`ni avval topish, so`ng talab qilingan joyga sarflash lozim. Biroq inson hayoti hamma narsadan ustun-ku? Ikki yil ichidagi 10 ta o`lim holati barchani hushyorlikka chaqirishi, zudlik bilan zarur choralar ko`rishga undashi lozim emasmi?

    Boshqa yangiliklar