AsosiyJamiyat

Rostovdagi YTHda halok bo`lgan fuqarolar jasadi O`zbekistonga olib kelindi

'Rostovdagi YTHda halok bo`lgan fuqarolar jasadi O`zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

Joriy yilning 30 iyul kuni Rossiya Federasiyasining Rostov oblasti Aksay tumani «Rostov-Volgodonsk» yo`nalishining 11-kilometrida, «KAMAZ» rusumli yuk avtomobili salonida 9 nafar yo`lovchi bo`lgan Volkswagen Transporter rusumli mikroavtobus bilan to`qnashib ketgan.

FVV axborot xizmati xabariga ko`ra, sodir bo`lgan YTX natijasida 3 nafar inson halok bo`lgan va 6 nafar inson turli darajada tan jarohati olgan. Halok bo`lganlarning 2 nafar va jabrlanganlarning 3 nafari O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridir.

Halok bo`lganlar:
1. Norbutaev Asatulla Eshbekovich, 1963 y.t.
2. Satarova Shaxnoza Abdulaxatovna, 1985 y.t.

Jarohatlanganlar:
1. Saydamatov Saydulla Tajimatovich, 1965 y.t.
2. Yunusov Jasur Ilxamovich, 1988 y.t,
3. Choriev Saydulla Bobaevich, 1987 y.t.

Jabrlanganlar Rostov oblastining Aksay tumanidagi Aksay shahar markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Ularga kerakli tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

Bo`lib o`tgan halokat yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi va «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi hamda mahalliy diasporaning birgalikdagi harakatlari natijasida 2018 yil 3 avgust kuni soat 22:10da «O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasining «Rostov-Toshkent» yo`nalishi bo`ylab uchayotgan samolyotida halok bo`lgan ikki fuqaroning jasadini o`z vataniga etkazishdi hamda dafn qilish uchun yaqinlariga topshirishdi.

    Boshqa yangiliklar