Sentyabr oyining 11 sanasida mashxur Gollivud yulduzi Nikol Kidmanning otasi Entoni Devid Kidman baxtsiz hodisa taufayli vafot etgani haqida xabar bergan edik. Ko`plab ommaviy axborot vositalari, xususan internet nashrlarida fojeaning Singapurda, Nikol Kidmanning kichik singlisi Antoniyaning uyida sodir bo`lgani, Entoni Devid Kidman yiqilib tushgani va ko`p o`tmay olamdan o`tgani xaqida xabar tarqaldi. Ba`zi OAVda esa Nikol Kidmanning otasi YTH oqibatida vaflot etganligi borasidagi ma`lumotlarni taqdim etishdi. Bugun esa aktrisaning otasining o`limi borasidagi yangi ma`lumotlar chop etilmoqda, deya xabar beradi super.ru nashri.
Unda aytilishicha, Entoni Devid Kidmanning Singapurga qizi Antoniyanikiga mehmonga borish chog`ida Tanglin Club mehmonxonasi qoshidagi Wheelhouse restoranida tobi qochgan. Aytish joizki, nonushtadan oldin u sportzalda sport mashqlarini bajargan.
Ekspertlarning fikrlariga ko`ra, bu Entoni Devid Kidmanda infarktning yuzaga kelishiga sabab bo`lgan bo`lishi mumkin. Atrofdagilar unga tez yordam xodimlari kelgunlariga qadar birinchi yordam ko`rsatishga xarakat qilishgan. Entoni Devid Kidman Tan Tock Seng gospitalida vafot etgan.
Nikol Kidman shunday og`ir damda yonida bo`lgan barchaga o`z minnatdorchiligini bildiradi. Ushbu kutilmagan baxtsiz hodisa tufayli aktrisaning turmush o`rtog`i musiqachi Kit Urban o`zining bir qancha konsert dasturlarini bekor qilgan.
Eslatib o`tamiz, Entoni Devid Kidman Royal North Shore Hospital da psixolog bo`lib ishlardi. Bundan tashqari Sidney Universitetida dars berardi. Qator maqolalari OAVda doimiy ravishda chop etilgan. 2005 yilda esa klinik psixologiyaga qo`shgan bebaho xissasi uchun davlat mukofotiga sazovor bo`lgan.





