Nikaraguada vaziyat tobora murakkablashib bormoqda, deya ma`lum qilmoqda Lenta.ru nashri.
Ko`chalarda polisiya va namoyishchilar o`rtasidagi to`qnashuvlar o`lim holatlariga sabab bo`lmoqda.
Olingan so`nggi ma`lumotlarga ko`ra, aprel oyidan buyon davom etib kelayotgan namoyishlarda halok bo`lganlar soni 317 kishiga etdi. Halok bo`lganlarning 21 nafari polisiya xodimlaridir. Qurbon bo`lgan bolalar va o`smirlar soni 23 nafarni tashkil etdi. Noroziliklarga ijtimoiy ta`minot borasidagi islohot tufayli soliq to`lovchilar gardaniga katta yuk tushgani sabab bo`lgan.
Qo`shimcha yig`imlar qarori mamlakatdagi moliyaviy inqiroz fonida qabul qilingandi. Muxolifat muddatdan oldin saylovlar o`tkazishni talab qilmoqda. Mamlakat prezidenti Daniel Ortega bu talabni rad etib, sodir bo`layotgan voqealarni mamlakatga qarshi fitna deb atamoqda. U bu voqealarda AQShning qo`li borligini va Qo`shma Shtatlar mamlakatdagi zo`ravonliklarni moliyalashtirayotgani borasida etarlicha dalillarga ega ekanligini ta`kidlagan.






