AsosiyDunyo

Argentinalik oila o`g`liga Messi ismini qo`yish uchun ruxsat oldi

Argentinada 1969 yildan buyon familiyani ism sifatida ishlatish qonunan taqiqlangan.

Argentinalik oila mamlakat terma jamoasi sardori Lionel Messi sharafiga, o`g`liga Messi ismini berish uchun ruxsat oldi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar beradi.

Familiyani ism sifatida ishlatishni taqiqlovchi qonun kuchdaligi munosabati bilan go`dakning otasi shahar hukumatidan maxsus ruxsatnoma olishga majbur bo`ldi.

“Bu bizning farzandimiz va biz unga istagan ismni beramiz. Ro`yxatdan o`tkazish organ xodimlari bizga bu ularning muammosi emasligi va nima sababdan biz bu ismni berishimiz sababini xat tariqasida yozib, marka to`lovini amalga oshirishimiz kerakligini aytishdi. Biz xammasini bajardik va ruxsat oldik”,-deydi go`dakning otasi.  Shu tariqa go`dakka Messi Daniel Varela ismi berildi.    

Otaning aytishicha, o`g`li tug`ilmasidan avval u qizlik bo`lgan. “Besh yoshli farzandimiz ham bor. Biz unga Messi ismini bermoqchi edik. Ammo, qiz tug`ilgandi. Yaratganga shukr va nihoyat oilamizda Messi tug`ildi”,-deya qayd qilib o`tdi ota. 

    Boshqa yangiliklar