Guinness World Records – ya`ni Ginnesning rekordlari kitobi ilk bor 1955 yilda “Giness” pivo ishlab chiqaruvchi kompaniyaning buyurtmasiga asosan chiqa boshlagan. Ayni kunda ushbu kitob 23 tilda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida chop etiladi. Uning rus tilidagi ilk nashri 1989 yili chiqqan. 2015 yilda ushbu kitobning chop etilayotganiga 60 yil to`ladi.
Fursatdan foydalanib, Guinnes World Records 2015 kitobidan o`rin olgan bir qancha rekordlar bilan tanishamiz.
- Siz ko`rib turgan ushbu gitara dunyodagi eng ulkan gitara sanaladi. U Texas ilm va texnika akademiyasi talabalari tomonidan yaratilgan. Uzunligi 13 metr, og`irligi esa 900 kilogrammni tashkil etadi.
- Dunyodagi eng kichik uy esa Londonlik Yanik Rid tomonidan yaratilgan. G`ildirakli ushbu uychaning uzunligi 2,39 metrni, balandligi esa 1,53 metrni, kengligi bor-yo`g`i 79 santimetrni tashkil etadi.
- Kitobga polisiyachilar kiyadigan bosh kiyimlarini yig`ish bo`yicha o`rnatgan rekordi bilan Germaniyalik Andreas Skala ham o`rin olgan.
- Tutqunlikda o`stirilgan dunyodagi eng katta qisqichbaqa Yaponiyada istiqomat qiladi. Uning ismi “Katta ota”. Uning oyoqlarining uzunligi 3 metrni tashkil etadi.
- Ginnesning rekordlari kitobining navbatdagi qahramoni Jeyson Maknabdir. U bir daqiqada 123 dona Chili achchiq garmdorilarini eya oladi.
- Yaponiyalik Akiko Obata esa plastmass mahsulotidan tayyorlangan sun`iy ovqatlardan to`plagan kolleksiyasi bilan rekord o`rnatgan. Ushbu “taom”larning soni 8 000 dan oshadi.
- Bork Braun dunyodagi eng baland bo`yli o`smir sanaladi. Uning bo`yi 2 metr 17 santimetrni tashkil etadi. Bork 45 o`lchamdagi poyafzalni kiyadi.
Ginnesning rekordlari kitobiga yana ko`plab bir-biridan ajoyib rekordlar kiritilgan. Ushbu kitobga mahsus buyurma asosida ega bo`lish mumkin.





