AsosiyDunyo

Angliyada xo`randalarga arslon go`shti berilgan

Angliyadagi Chichester shahridagi restoranlarning biridagi muzlatkichda o`lgan arslon go`shtining bo`lagi topildi. Muzlatkichdagi arslon go`shti mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi vakili Yan Braytmor tomonidan topilgan. Bu haqda Day.Az nashri xabar beradi.

Aslida go`shtning qo`y yoki molni emas, arslonniki ekani maxsus ekspertizadan so`ng aniqlangan. Buning ustiga go`sht xo`randalarga uni turli shaklda tayyorlab tortish uchun tayyorlab qo`yilgandi. Restoran egasi go`sht hayvonot bog`idan olingani va uni itlarni boqish uchun ishlatilishi haqida aytgan.

Garchi shunday bo`lsa-da, restoran o`z faoliyatini davom ettirishiga ruxsat berildi. Chunki muzlatkichda bundan boshqa qonunbkzarlik holatlari aniqlanmagan.

    Boshqa yangiliklar